Endilikda 1hls.uz platformasi foydalanuvchilarini rag‘batlantirish uchun har hafta bitta 100 mln so‘m miqdorida pul mukofoti va mingta velosiped o‘ynaladi. Yangi rag‘batlantirish tizimi ishga tushgani munosabati bilan 2022 yil 16 yanvardan boshlab kuniga 10 ming qadam yurganlarga 3 ming so‘m berish to‘xtatiladi.
Turizm va sport vazirligining xabar berishicha, «Sog‘lom turmush tarzi» platformasida (1hls.uz) ro‘yxatdan o‘tganlar soni 1,2 mln kishidan oshdi. Shu yilning 10 iyunidan hozirgi kunga qadar platforma foydalanuvchilariga piyoda yurganligi uchun 43,4 mlrd so‘m to‘lab berilgan.
Muntazam piyoda yurish — qon bosimini me’yorlashtiradi, kayfiyatni va organizmning umumiy holatini yaxshilaydi. Bundan tashqari qon bosimi va xolesterin miqdorini me’yorlashtiradi. Odam kuniga qancha masofa yurishi kerak, yurish vaqti va masofasini qay tartibda oshirib borish zarur? Bu haqda Sog‘lom turmush tarzini qo‘llab-quvvatlash va jismoniy faolligini oshirish markazi direktori Barno Odilova ma’lumot berdi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting